Boshqarma boshlig‘i U.O.Djumanazarov «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» 2017-yil 3 yanvar kunidagi O’RQ-419-sonli qabul qilingan qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktorining 2023 yil 20 iyun kunidagi 37-sonli Buyruq hamda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida» 2023 yil 16 iyundagi O’RQ-848-sonli qonunining mazmun-mohiyati to‘g‘risida xodimlarga tushintirish berib o‘tdi.
Hukumatimiz tomonidan vatanimizning ravnaqi, xalqimizning faravonligiga, iqtisodiyotimizning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan qator sohalarning oqsashiga, qolaversa yurtimiz rahbariyati va qator fuqarolarimizning o‘rinli e’tirozlariga sababchi bo‘layotgan korrupsiya degan isqirt illat bunday ko‘rinishdagi qonunbuzarliklarning har qanday ko‘rinishidagi faoliyatiga chek quyib ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlar to‘liq o‘rganib ularga barham berish maqsadida mazkur qonun o‘z vaqtida juda to‘g‘ri qabul qilinganligini xodimlar tomonidan qonunda belgilangan talablar bajarilishi lozimligini aytibo‘tdi.
Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari K.Kamolov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi direktorining 37-sonli Buyruq hamda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida» 2023 yil 16 iyundagi O’RQ-848-sonli qonuni shuningdek «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun to‘g‘risida tushintirib vatanimizning ravnaqi, aholining huquqiy ongi va huqiqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatimizda korrupsiya degan isqirt illatga nisbatan murosasiz munosabatni shaklantirish, barcha sohalarda korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunday qonunbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etganligini uchun javobgarlikning muqararligi prinsipini ta’minlashdan iboratligini ta’kidladi
Boshqarma bosh yuristkonsulti O’.Shodiyev «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida» 2017 yil 3 yanvar kunidagi O’RQ-419-sonli qabul qilingan qonun
6 bobdan 34 moddadan iboratligini aytib o‘tdi, Shunindek “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida» 2023 yil 16 iyundagi O’RQ-848-sonli qonuni mazkur qonunning mazmun-mohiyati to‘g‘risida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligining “Statistika agentligi tizimida korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berish mexanizmi, xabar bergan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi hamda ularni ta’qibga olinmasligini kafolatlash to‘g‘risidagi 37-sonli Buyruq va yo‘riqnoma 5 bob 18 moddadan iboratgiligini mazkur hujjatning talablari to‘g‘risida xodimlarga tushintirib o‘tdi. Shuning «Korrupsiya» so‘zining kelib chiqish tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu termin lotincha «corruption» so‘zidan olingan bo‘lib pora evaziga og‘dirib olish, poraga sotilish, aynish, chirish kabi ma’nolarni anglatishini bayon qildi.
Mazkur qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buzilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda joylarda maxsus o‘quv seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish, Korrupsiyaga karshi kurash bo‘yicha milliy kengash va uning hududiy kengashlari bilan hamkorlikda mazkur turdagi konunbuzarliklarni aniklash, oldini olish shunday qonunbuzarliklar sodir etilishiga mavjud bulgan shart-sharoitlarini aniqlash va o‘z vaqtida bartaraf etishdagi ishlar samaradorligini oshirishda hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalarni og‘ishmay bajarishlari lozimliligini bayon qildi.
Qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etishlari va sodir etilishi mumkin bo‘lgan qonun buz ilishi holatlarini oldini olish borasida doimiy ravishda maxsus seminarlar, davra suhbatlari va tushuntirish ishlarini davom ettirish hamda hududiy organlar faoliyati samaradorligini oshirish bilan bog‘liq masalalar ham muhokama etilib bu borada nazorat ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.