2022- yilning yanvar-dekabr oylarida Buxorо viloyatida jami 8,3 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2021- yilga nisbatan 100,2 % ni tashkil etdi.
Hududda bajarilgan qurilish ishlari hajmida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari ulushi 18,9 % ni, kichik korxona va mikrofirmalarni ulushi 52,9 % hamda norasmiy sektorlarda bajarilgan qurilish ishlar ulushi 28,2 % ni tashkil etdi.