2023- yil 1- yanvar holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 592 371 tani tashkil etib, ular o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 63 442 taga oshib, o‘sish sur’ati 112,0 foizni tashkil etdi. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni yillar kesimida quyidagi ko‘rinishni hosil qildi:
- 2019 yil – 323 517 ta
- 2020 yil – 398 133 ta
- 2021 yil – 475 197 ta
- 2022 yil – 528 929 ta
- 2023 yil – 592 371 ta