2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda jismoniy shaxslarga tegishli jami yengil avtomobillar soni 3 051 734 tani tashkil etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 87 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda.
Bu koʻrsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
2022-yilning 1-yanvar holatiga MDH davlatlarida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni:
Rossiya – 328 ta
Belarus R. – 324 ta
Qozogʻiston – 189 ta
Qirgʻiz R. – 161 ta
Ozarbayjon – 128 ta
Oʻzbekiston – 87 ta
Tojikiston – 46 ta