2022- yilning yanvar-sentabr oylarida Buxoro viloyatida o`zlashtirilgan jami asosiy kapitalga investitsiyalar hajmida, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan investitsiyalarning ulushi 88,2 % ni, yoki 13915,3 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etdi.
Mos ravishda, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi 11,8 %, yoki 1866,8 mlrd. so‘mni va o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68,5 % ni tashkil etdi.