19/12/2022

2022- yilning yanvar-oktabr oylari yakunlariga ko‘ra, huquq va buxgalterlik hisobi sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 955,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.Toshkent shahrida ushbu xizmat turiga talab nisbatan yuqori. Huquq va buxgalterlik hisobi

sohasidagi xizmatlarining umumiy hajmida ushbu hududning ulushi 79,3 % ni (757,0 mlrd. so‘m) tashkil etdi.Nisbatan pastroq koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 2,7 mlrd. soʻm (huquq va buxgalteriya hisobi sohasidagi xizmatlar umumiy hajmining 0,3 % i).

Hududlar kesimida huquq va buxgalterlik hisobi sohasidagi xizmatlar hajmi, mlrd.so‘m:

O‘zbekiston Respublikasi – 955,2

Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 9,3

Andijon – 8,7

Buxoro – 13,1

Jizzax – 5,0

Qashqadaryo - 7,5

Navoiy - 11,4

Namangan – 15,1

Samarqand - 19,4

Surxondaryo – 3,2

Sirdaryo – 2,7

Toshkent - 24,6

Farg‘ona – 66,0

Xorazm - 12,2

Toshkent sh. - 757,0

Tugmani bosing Tinglash GSpeech