30/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida moliya (29,6 %), aloqa va axborotlashtirish (24,1 %), yashash va ovqatlanish (15,3 %) xizmatlari hajmida yuqori o‘sish qayd etildi. Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining nisbatan pastroq o‘sish shaxsiy xizmatlarda qayd etildi (7,1 %).

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari:

Moliyaviy xizmatlar – 129,6 %;

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari – 124,1 %;

Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 115,3 %;

Boshqa xizmatlar – 113,7 %;

Ta’lim sohasidagi xizmatlar – 112,1 %; 

Transport xizmatlari – 111,9 %;

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar – 110,7 %;

Ijara xizmatlari – 110,2 %;

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar –109,9 %;

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar – 108,8 %;

Kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar – 108,4 %;

Savdo xizmatlari – 108,2 %;

Shaxsiy xizmatlar – 107,1 %.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech