16/11/2022

2022- yilning yanvar-sentabr oylarida yangi qurilishga yo‘naltirilgan asosiy kapitalga investitsiyalar 102253,9 mlrd. so‘mga yetdi hamda jami asosiy kapitalga investitsiyalarning 53,8 % ini tashkil etdi.

Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan inves-titsiyalar 54277,7 mlrd. so‘mni tashkil etdi va respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28,6 % ini tashkil etdi. Qolgan 17,6 %, ya’ni 33468,2 mlrd. so‘m boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech