15/11/2022

2022- yilning 1- noyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz)  97 054 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2021- yilning mos davriga nisbatan 3,3 foizga oshgan. Shuningdek faoliyat ko‘rsatayotgan jami korxonalarning (581 046 ta) 16,7 foiz ulushi sanoat korxonalariga to‘g‘ri kelib, shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 96 148 tani tashkil etdi.  

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:           

Toshkent shahrida – 16 598 ta            

Farg‘ona viloyatida – 10 785 ta            

Andijon viloyatida – 9 799 ta           

Toshkent viloyatida – 9 795 ta            

Samarqand viloyatida – 8 680 ta           

Namangan viloyatida – 7 720 ta           

Qashqadaryo viloyatida – 5 427 ta           

Buxoro viloyatida – 4 970 ta           

Surxondaryo viloyada – 4 779 ta           

Xorazm viloyatida – 4 736 ta           

Jizzax viloyatida – 4 019 ta           

Navoiy viloyatida – 3 971 ta           

Qoraqalpog‘iston R. – 3 508 ta           

Sirdaryo viloyatida – 2 267 ta

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech