2022- yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha bajarilgan qurilish ishlarining katta qismi yangi bino va inshootlarni qurishga tegishli bo‘ldi. Jami qurilish ishlarining 66,2 % i yoki 30243,0 mlrd. so‘m qurilish ishlari aynan iqtisodiyotda yangi ishlab chiqarish quvvatlari, turar-joy va boshqa ijtimoiy obyektlarni yaratishga qaratildi.