Asrlar osha shakllanib kelgan milliy qadriyatlarimizdan biri bu – ommaviy bayramlar oldidan yurtimizda umumxalq hasharlarini o‘tkazish, obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirishdir.
Oz’bekiston Respublikasi vazirlar mahkamasining 2022- yil 26- apreldagi 199-F sonli farmoyishiga muvofiq va Davlat statististika qo'mitasining 2022- yil 28-apreldagi 26-sonli buyrug'iga asosan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish maqsadida, boshqarmamizda 30- aprel kuni umumxalq hashari o‘tkazildi. Hashar tadbirlari Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tizimida ham uyushqoqlik bilan tashkil etildi.
Shundan so‘ng, barcha xodimlar o‘zlariga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzlorlashtirish, tozalash ishlarini boshlab yubordilar.
Hashar davomida uchastkalarda уerlarni chopish, daraxtlarga shakl berish, bardyurlarni oqlash, supurish, chiqindilarni belgilangan hududlarga olib chiqish ishlari qizg‘in amalga oshirildi. Shuningdek, boshqarma binosidagi eshik-derazalarni artish kabi bir qator ishlar bajarildi.
Hashar elga yarashar, deydilar. Barchanging yuz-ko‘ziga boqar ekansiz, ularda ulug‘ ayyom arafasidagi ko‘tarinki ruh, bayramona kayfiyat mujassam ekanligini yurakdan his etasiz.
O‘zaro hamjihatlik, inoqlik asosida tashkil etilgan xayrli tadbir natijasida, boshqarma hovlisi, xizmat xonalari ozoda, shinam va obod holga keltrildi.
Matbuot xizmati.