2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 528 929 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 111,3 foizga oshgan. Jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,1 foizini (465 889 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 105 603 ta
Toshkent viloyati – 50 296 ta
Samarqand viloyati – 46 667 ta
Farg‘ona viloyati – 46 622 ta
Andijon viloyati – 40 474 ta
Qashqadaryo viloyati – 36 168 ta
Namangan viloyati – 33 422 ta
Buxoro viloyati – 31 160 ta
Surxondaryo viloyati – 28 291 ta
Xorazm viloyati – 25 160 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 23 721 ta
Jizzax viloyati – 22 714 ta
Navoiy viloyati – 22 711 ta
Sirdaryo viloyati – 15 920 ta
Matbuot xizmati