2022- yilning 1- yanvar holatiga respublikamizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 91 152 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 9,1 foizga oshgan.Mamlakatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 17,2 foiz (91 152 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 90 313 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahri – 16 094 ta
Farg‘ona viloyati – 9 983 ta
Andijon viloyati – 9 344 ta
Toshkent viloyati – 9 264 ta
Samarqand viloyati – 8 050 ta
Namangan viloyati – 7 150 ta
Buxoro viloyati – 4 874 ta
Qashqadaryo viloyati – 4 727 ta
Surxondaryo viloyati – 4 664 ta
Xorazm viloyati – 4 298 ta
Jizzax viloyati – 3 654 ta
Navoiy viloyati – 3 641 ta
Qoraqalpog‘iston R. – 3 211 ta
Sirdaryo viloyati – 2 198 ta
Matbuot xizmati