2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Farg‘ona viloyati bo‘yicha qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 11 793,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 4,4 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 36,3 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 1,5 foiz punktga oshdi.
Matbuot xizmati