Oʻzbekiston Respublikasida 2021-yilning yanvar-noyabr oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 5 342 ta toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 44,1 trln. soʻm qiymatga teng boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020-yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 119,9 % ni tashkil etdi.Shuningdek, toʻqimachilik korxonalari tomonidan Respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Fargʻona viloyati 16,0 % (817 ta faoliyat yuritayotgan toʻqimachilik korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 9,8 % (439 ta), Samarqand viloyati 9,0 % (386 ta), Andijan viloyati 8,9 % (578 ta) hamda Toshkent shahar 8,9 % (828 ta) hissasiga toʻgʻri keldi.
Matbuot xizmati