2021- yilning yanvar-sentabr oylari yakunlariga ko‘ra, Toshkent viloyati bo‘yicha qurilishda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat (YAQQ) hajmi 2 700,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 21,3 % ga o‘sdi. Kuzatilayotgan davrda YAHM tarkibida mazkur tarmoqning ulushi 4,9 % ga yetdi va 2020- yilning yanvar-sentabriga nisbatan 0,5 foiz punktga, 2017- yilning mos davriga nisbatan 2,3 foiz punktga oshdi.
Matbuot xizmati