Ro‘yxatga olish yalpi hisobga olish asosida aholining, uy-joyning soni va tarkibi, iqtisodiy birliklarning tarkibi hamda holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar olinishini ta’minlaydigan tadbirdir.
Ro‘yxatga olish mamlakatni demografik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ayrim xususiyatlari hamda yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida amalga oshirilishi mumkin.
Respondentlarning individual ma’lumotlarini yig‘ish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Ro‘yxatga olish dasturida belgilangan savollarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ro‘yxatga olish ma’lumotlari statistika kuzatuvlari, ma’muriy ma’lumotlar asosida yoki ularning umumlashmasi asosida shakllantirilishi mumkin.
Matbuot xizmati