Andijon viloyatining Xo’jaobod tumanida aholini sinov tariqasida roʻyxatga olish jarayonlari davom etmoqda.
11- noyabrda boshlangan mazkur sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlari 25- noyabr sanasida yakunlanadi. Sinov tariqasida ro’yxatga olish jarayonlarida orttirilgan tajribalar 2023- yilda bo’lib o’tadigan aholini ro’yxatga olish bo’yicha asosiy tadbirning samarali o’tkazilishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi.