Joriy yilning 19- oktabr kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari Sh. Yusupov, Narx statistikasi bo‘limi bosh mutaxassisi D. Umidjanova va Vobkent tumani statistika bo‘limi mutaxassisi I. G’afurov bilan birgalikta tumandagi «Iste’mol narxlari indeksi» kuzatuvining oziq-ovqat mahsulotlari guruhi bo‘yicha tanlanma kuzatuvga tushgan savdo obektlariga borib narx-navolar o‘rganildi.
Shuningdek, kuzatuv jarayonida tumandagi real narxlarni kuzatish, kuzatuv o‘tkazish vaqtlari, tartiblari bo‘yicha tuman statistika bo‘limi narxlarni ro‘yxatga oluvchi xodimga tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Matbuot xizmati