Respublikada 2021- yilning yanvar-iyul oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 15,0 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar- iyul oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 106,5 % ni tashkil etdi.
Xususan:
- Superfosfatlar ishlab chiqarish – 3,2 martaga oshdi;
- Formaldegid ishlab chiqarish – 2,0 martaga oshdi;
- Karbamid ishlab chiqarish – 35,6 foizga oshdi;
- Akril va vinil polimerlari asosidagi bo‘yoqlar va laklar, suv muhitida ishlab chiqarish – 15,1 foizga oshdi;
- Dinatriy karbonati (kalsiy sodasi) ishlab chiqarish –2,0 foizga oshdi;
Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (36,2 %), Navoiy viloyati (14,6 %), Qashqadaryo viloyati (14,5 %) hamda Toshkent viloyati (14,1 %) hissalariga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati