O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 693 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 4 565,9 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 107,2 % ni tashkil etdi.
Elektr uskunalar ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 66,9 % (275 ta elektr uskunalar ishlab chiqarish korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 12,2 % (111 ta), hamda Andijon viloyati 6,3 % (46 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati