Joriy hisobot davrida ham asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning katta qismi yangi qurilishga yo‘naltirildi. Yangi qurilishga yo‘naltirilgan investitsiyalar jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 46,8 % ini tashkil etdi.
Iqtisodiyotda mavjud obyektlarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirishga yo‘naltirilgan investitsiyalar respublikadagi jami o‘zlashtirilgan investitsiyalarning 28,0 % ini tashkil etdi. Qolgan 25,2 %, boshqa xarajatlarga yo‘naltirildi.
Matbuot xizmati