2021- yilning yanvar-iyun oylarida 4 724,0 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan bo‘lib, shundan 4 634,1 ming tonna yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 98,1,% ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi.
Boshoqli don ekinlari yetishtirishning eng katta hajmi 3 944,9 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 83,5 %i fermer xo‘jaliklarida qayd etildi.
Boshoqli don ekinlari yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Surxondaryo viloyati (12,6 %) hissasiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, Farg‘ona (11,5 %), Qashqadaryo (11,1 %) va Andijon (10,6 %) viloyatlarida ham boshoqli don ekinlari yetishtirishning yuqori ko‘rsatkichlari qayd etildi.
Matbuot xizmati