Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021- yilning yanvar-iyun oylarida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 20,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15,3 ming tonna choy import qilgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 2,7 mln. AQSh dollariga oshgan.
O‘tgan olti oy mobaynida O‘zbekiston choy mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 12,1 ming tonna
Keniya – 1,1 ming tonna
Eron – 575,7 tonna
Indoneziya – 347,4 tonna
Hindiston – 337,4 tonna
Vetnam – 254,6 tonna
Rossiya – 216,9 tonna
Shri-Lanka – 211,4 tonna
BAA – 148,9 tonna
Matbuot xizmati