Brifingda Tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo statistikasi bo'limi bosh mutaxasisi Mohigul Hamrayeva tomonidan bugungi kunda mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita oʻz ta’sirini oʻtkazishi haqida so’z yuritildi. Jumladan, 2021- yil yanvar-iyun oylari yakuni bilan viloyatning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 436,9 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2020- yilning mos davriga nisbatan 107,7 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati