24/07/2026

Joriy yilning 23-iyul kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada sog‘lom raqobat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash maqsadida kibersport musobaqasi o‘tkazildi.

 Musobaqada boshqarmaning turli bo‘limlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar faol ishtirok etib, o‘zlarining tezkor fikrlashi, strategik yondashuvi hamda jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Mazkur musobaqa xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, zamonaviy axborot texnologiyalariga qiziqishni oshirish hamda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga xizmat qildi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech