Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oyida 6 385 nafar Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 187 nafarga yoki 21,7 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 4 682 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 987 nafar;
o‘qish – 679 nafar;
xizmat yuzasidan – 22 nafar;
davolanish – 15 nafar.



