24/03/2026

Viloyatimizda 2025-yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan tirik tugʻilganlar soni 43,7 ming kishini, har ming aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti 20,9 promilleni tashkil etdi.

 Tugʻilganlar soni joriy yilning yanvar-dekabr oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,4 ming nafarga kamaygan. Vafot etganlar soni 9,4 ming kishini, har ming aholiga nisbatan oʻlim koeffitsiyenti 4,5 promilleni tashkil etdi. Vafot etganlar soni joriy yilning yanvar-dekabr oylarida 2024-yilning mosdavriga nisbatan 0,2 ming nafarga kamaygan.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech