2025 yilning yanvar- dekabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan tirik vaznda 319,1 ming tonna go‘sht, 1 146,0 ming tonna sut, 602,3 mln dona tuxum, 4 497,0 tonna qirqib olingan jun, 626,5 ming dona qorako‘l teri yetishtirildi va 6,7 ming tonna baliq ovlandi.
Hisobot davrida tirik vaznda yetishtirilgan go‘sht hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 102,0 % ni, sog‘ib olingan sut – 101,1 % ni, olingan tuxum – 103,3 % ni, qirqib olingan jun – 103,5 % ni, olingan qorako‘l teri – 104,7 % ni hamda ovlangan baliqlar – 105,2 % ni tashkil qildi.



