Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish hamda onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartiblarini o‘rganish bo‘yicha o'quv seminari o‘tkazildi. O'quv seminarida Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i va viloyat statistika boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirok etdilar. Seminarda soha xodimlariga Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi rahbari H.Fattoyev tomonidan ro‘yxatga olish jarayonining ahamiyati va ushbu tadbirdan kutilayotgan natijalar shuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida ro'yxatga olishga oid so‘rovnomani to‘ldirish usullari, onlayn platformaning imkoniyatlari va ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash mexanizmlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida tizimi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgansavollarga javob oldilar. 



10/01/2026



