Joriy yilning 11-noyabr sanasida Buxoro viloyat Statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-sonli “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish” to'g'risidagi farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida mahalla yettiligida faoliyat ko'rsatuvchi ijtimoiy xodimlar uchun o'quv seminar tashkil qilindi. Tadbir davomida ro‘yxatga olish jarayonida aholi va qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash hamda tahlil qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilib, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

11/11/2025



