2025-yilning 7-noyabr sanasida viloyat Yoshlar markazida Buxoro viloyat Statistika boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish jarayonlarini yuqori saviada tashkil qilish maqsadida hokim yordamchilari uchun o'quv seminar tashkil qilindi. Seminar davomida ro'yxatga olish jarayonlarida zarur bo'ladigan barcha ma'lumotlar berilib ishtirokchilar amaliy jarayonlarda ham o'z ko'nikmalarini mustahkamlashdi. Jarayonlar yuzasidan savollarga to'liq javob berildi va takliflar tashkiliy masalalarni yanada yaxshilash maqsadida qabul qilindi.

07/11/2025



