Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Oʻzbekistonga 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 49,7 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 490,8 ming tonna kartoshka import qilingan.
Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 41 ming tonnaga yoki 9,1 % ga oshgan.
8 oyda Oʻzbekistonga eng koʻp kartoshka yetkazib bergan davlatlar:
Pokiston – 299,4 ming tonna;
Qozogʻiston – 110 ming tonna;
Afgʻoniston – 34,8 ming tonna;
Qirgʻiziston – 18,1 ming tonna;
Rossiya – 15,4 ming tonna;
Boshqa davlatlar — 13,1 ming tonna.