13/08/2025

     Joriy yilning 12-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika Qo‘mitasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi boshqarmasi xodimi A.Abduraxmonov, Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sh.Yusupov hamda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi Investitsiyalar va qurilish statistikasi bo‘limi boshlig‘i Sh.Xodjayevlar ishtirokida Buxoro viloyati Jondor tumanida yakka tartibdagi uy-joylar tanlanma kuzatuvi o'tkazildi.

     Tanlanma kuzatuvlarni o'tkazishdan maqsad, ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish qiymatini hisoblash uchun zarur bo‘lgan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqidagi ma’lumotlarni olishdan iboratdir.

     O‘z navbatida ushbu kuzatuv natijalari asosida haqqoniy statistik ma’lumotlar shakllantiriladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech