2025-yilning 1-iyul holatiga Buxoro viloyatining doimiy aholisi soni 2 089,4 ming kishini tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 1,5 foizga koʻpaygan.
2025-yil yanvar-iyun oylarida tugʻilganlar soni 19,1 ming nafarni, vafot etganlar 4,5 ming nafarni tashkil etib, tabiiy oʻsish 14,6 ming kishiga teng boʻldi.
Viloyatimizga xorijiy davlatlardan koʻchib kelganlar soni 6 kishini va viloyatdan xorijga koʻchib ketganlar soni 69 kishini, qayd etilgan nikohlar 5,7 mingtani, nikohdan ajralishlar 1,2 mingtani tashkil etgan.