Joriy yilning 8- avgust kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasida Siyosiy ma'rifat soati hamda "Ommaviy diktant marafoni" o‘tkazildi.
Rahbar-xodimlardan Lotin yozuviga asoslangan Davlat tilida diktant olindi, Alisher Navoi nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazidan mas'ul xodimasi B. Jurayeva boshchiligida o‘tkazilib, tanlovning asosiy maqsadi, tashkilotlarda Davlat tilini bilishning burch va majburiyat sifatida his etilishga erishishdir, deb ta'kidlab o‘tildi.
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma'lumot berib boruvchi "Siyosiy ma'rifat soatlari" haftaning har juma kunlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda, tizim xodimlari siyosiy soha yangiliklaridan xabardor bo‘lmoqdalar.