Joriy yilning 27- mart kuni Vobkent tumanida Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari K. Kamolov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul oʻtkazildi.
Kichik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari hamda hisobchilariga statistika hisobotni topshirish muddatlari va qoidalari, toʻldirish tartibi va talablari haqida hamda Aholini roʻyxatga olish 2025–2026-yillar oraligʻida respublikamizda oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi, ushbu jarayonning samarali tashkil etilishi jamiyatning barcha sohalariga ijobiy taʻsir koʻrsatishi va ushbu tadbirda faol ishtirok etish kerakligi ta’kidlab oʻtdi.
Muloqot davomida ishtirokchilarga aholini roʻyxatga olish tadbirining maqsadi, ahamiyati va bu jarayonning qanday amalga oshirilishi, uning natijalari haqida hamda roʻyxatga olish jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirishda qilinayotgan ishlar borasida mutaxassislar tomonidan soʻz yuritildi.
Shuningdek sayyor qabul davomida ishtirokchilar toʻgʻridan-toʻgʻri mutaxassislarga murojaat qilgan holda, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga aniq va batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega boʻldi.