Joriy yilning 18- mart kuni Buxoro viloyat statistika boshqarmasida maʼnaviy-huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Buxoro viloyat statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari K. Kamolov hamda boshqarma xodimlari ishtirok etdi.
Boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur qonun 2021-yil 7-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, 2021-yil 26-iyunda Senat tomonidan maʼqullanlanligini, 2021-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi.