2025- yil 20- yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Kamol Kamolov va Turmush darajasi statistikasi bo'limi boshlig'i Dilnoza Jo'rayeva tomonidan Buxoro shahar Guliston mahalla fuqarolar yig'inida seminar o'tkazildi. Tadbir uy xo‘jaliklari kuzatuvlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga bag'ishlandi.
Seminarda uy xo'jaliklari kuzatuvlari asosida olinadigan ko'rsatkichlar aholi turmush farovonligini baholashda katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu kuzatuvlar yordamida aholi hayoti bilan bog'liq turli sohalar, jumladan, daromad va xarajatlar tuzilishi, iste’mol xarajatlari, moddiy farovonlik darajasi va boshqa ijtimoiy ko'rsatkichlar haqida muhim ma’lumotlar yig'iladi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga uy xo'jaliklari kuzatuvlarining asosiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Kuzatuvlarning aholi turmush darajasini tahlil qilishdagi roli, ma’lumotlarning qanday yig‘ilishi va ulardan qanday foydalanilishi masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Shuningdek boshqarma boshyuristkonsulti Oʻ.Shodiyev tomonidan oʻz navbatida Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 11-avgustdagi kunida qabul qilingan “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi OʻRQ-707-sonli qonunining mazmun mohiyati toʻgʻrisida gapirib mazkur qonun 2021-yil 7-mayda qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinganligini, 2021-yil 26-iyunda Senat tomonidan maʼqullanlanligini, 2021-yil 11-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganligini aytib, mazkur qonun 7 bob 41 moddadan iboratligini Oʻzbekiston Respublikasida rasmiy statistika sohasidagi munosabatlarni tartibga solishini tushintirdi. Mazkur seminarning mahalliy aholini kuzatuv jarayonlarining mazmunini tushunish, ularning ahamiyatini anglashda faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi. Tadbir so'ngida fuqarolar tomonidan kuzatuv jarayonlariga oid savollar berilib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.