2025-yil 20-yanvar kuni Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Kamol Kamolov va Turmush darajasi statistikasi bo'limi boshlig'i Dilnoza Jo'rayeva tomonidan Buxoro shahar Guliston mahalla fuqarolar yig'inida seminar o'tkazildi. Tadbir uy xo‘jaliklari kuzatuvlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yoritishga bag'ishlandi.
Seminarda uy xo'jaliklari kuzatuvlari asosida olinadigan ko'rsatkichlar aholi turmush farovonligini baholashda katta ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Ushbu kuzatuvlar yordamida aholi hayoti bilan bog'liq turli sohalar, jumladan, daromad va xarajatlar tuzilishi, iste’mol xarajatlari, moddiy farovonlik darajasi va boshqa ijtimoiy ko'rsatkichlar haqida muhim ma’lumotlar yig'iladi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga uy xo'jaliklari kuzatuvlarining asosiy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Kuzatuvlarning aholi turmush darajasini tahlil qilishdagi roli, ma’lumotlarning qanday yig‘ilishi va ulardan qanday foydalanilishi masalalariga alohida e‘tibor qaratildi. Shuningdek, aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot orqali kuzatuvlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ham berildi.
Mazkur seminarning mahalliy aholini kuzatuv jarayonlarining mazmunini tushunish, ularning ahamiyatini anglashda faol ishtirok etishga undashga xizmat qildi. Tadbir so'ngida fuqarolar tomonidan kuzatuv jarayonlariga oid savollar berilib, mutasaddilar tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.