Aholini ro'yxatga olish – mamlakatda demografik, iqtisodiy va ijtimoiy statistikani to'plashning muhim bosqichidir. Ushbu jarayon nafaqat aholi soni va tarkibini aniqlash, balki turli davlat dasturlari va siyosatlarini ishlab chiqishda asosiy manba bo'ladi. O‘zbekistonning aholini ro'yxatga olish jarayonida yangi raqamli texnologiyalarni joriy etish, uning samaradorligini oshirish va natijalarining aniqligini ta'minlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Birinchi marta xonadonlarni raqamlashtirishning joriy etilishi, aholining yashash sharoitlarini aniqroq o'rganish va statistik ma'lumotlarni yanada ishonchli va to'liq yig'ish imkonini yaratadi. Xonadonlarni raqamlashtirish nafaqat statistik kuzatuvni soddalashtiradi, balki davlatning turli sohalarda qabul qiladigan qarorlarini aniq asoslash uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar bazasini yaratadi.