2025- yil 1- noyabr holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 540 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 6 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 1 534 tani tashkil qildi. 2025- yilning yanvar-oktabr oyida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 10 430,7 mlrd. so‘mga yetdi. 2024- yilning mos davriga nisbatan 11,8 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 89,5 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
28/11/2025



