O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish to’g’risida”gi PF-173-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash va 2026-yilda o’tkazilishi rejalashtirilayotgan aholi va qishloq xo’jaligini ro’yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joriy yilning 2-dekabr sanasida Buxoro davlat universitetining "Statistika" yo'nalishi talabalari ishtirokida o'quv seminar tashkil qilindi. Seminar davomida ro'yxatga olish jarayonlari va uning mohiyatlari, statistik ishlarni tashkil etish, aholi turmush darajasi kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi, shuningdek talabalar statistika sohasining amaliy jihatlari, zamonaviy yondashuvlar va kasbiy imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar. Jarayon yakunida qatnashchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


03/12/2025



