Buxoro viloyatida 2024- yil yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 24 423,5 mlrd so‘mni yoki o‘tgan yilga nisbatan 145,4 ni tashkil etdi.
Moliyalashtirishning manbalari bo‘yicha tahlil qilinganda, joriy davrda o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning katta qismi – 20 151,6 mlrd so‘m yoki 82,5 % i xorijiy investitsiyalari va kreditlari, 3 681,4 mlrd so‘m yoki 15,1 % i korxonalar va aholining o‘z mablag‘lari hisobiga to‘g‘ri keladi.