Joriy yilning 28-avgust kuni Buxoro shahar statistikasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi M. Axadov tomonidan shaharda avtotransport xizmati kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yo'lovchi sig'imi, bir kunda o'rtacha tashilgan yuk hajmi, bir kunlik tushum, bir oyda ish kunlari soni, yuklarni bir kunda tashishning o'rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Shakllangan ma'lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.