Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, 2024- yilning 1-iyul holatiga ko'ra, viloyatimizda chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning soni 317 tani, shundan qo'shma korxonalar 137 ta va xorijiy korxonalar 180 tani tashkil etmoqda.
2024- yilning 1- iyul holatiga, chet el investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning sohalar bo'yicha soni:
Sanoat - 103 ta
Savdo - 106 ta
Qurilish - 27 ta
Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi - 18 ta
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar - 21 ta
Axborot va aloqa - 3 ta
Tashish va saqlash - 13 ta
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatish - 4 ta