19/07/2024

    Buxoro viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Buxoro viloyati bo'yicha 2024- yilning 1- iyul holatiga sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida  58 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

 

   2024- yilning 1- iyul holatiga ko'ra, ushbu sohada jami faoliyat ko'rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 784 tani tashkil etmoqda.

 

   2024- yil yanvar-iyun oylarida sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida eng ko'p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarga ega bo'lgan hududlar:

  

   Buxoro shahri - 20 ta

   G'ijduvon tumani – 7 ta

   Vobkent tumani - 7 ta

   Shofirkon tumani - 5 ta

Tugmani bosing Tinglash GSpeech