04/06/2024

Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish, ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kon-
sepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmon imzolandi.

Mazkur Farmon mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida qo‘lga kiritilajak asosli va ishonchli ma’lumotlar bazasini yaratish, respublikadagi ijtimoiy vaziyatga yanada oydinlik kiritishga xizmat qiladi.Chunki mahalliy hamda xorijiy kompaniyalarning samarali faoliyatida hududlardagi real holatni bilish, prognoz qila olish muhim omillardan sanaladi.

Konsepsiya 8 bob, 29 banddan iborat bo‘lib, uning har birida mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab qo‘yilgan va aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish bo‘yicha vakolatli organ esa O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi hisoblanadi.

Mazkur jarayon 3 bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilib, aholini ro‘yxatga olish barobarida, yana bir muhim vazifani bajarish ko‘zda tutilgan. Bu hududlarda xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro‘yxatini tuzish bilan bog‘liq masala. Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o‘tagan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obyektlarini qurish hamda ta’mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo‘ladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech