31/05/2024

Joriy yilning 30-may kuni Statistika agentligi direktori o’rinbosari Z. Ziyayev hamda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i U. Djumanazarovlar uy xo’jaliklarida o’tkaziladigan tanlanma kuzatuvda ishtirok etdi.

 

Kuzatuv jarayonida xonadon egalari bilan yaqindan suhbatlashdi va kuzatuvning maqsad vazifalari bo’yicha atroflicha ma’lumot berib o’tdi.

 

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, Uy xo’jaliklarida o’tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o’rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.

Tugmani bosing Tinglash GSpeech