Joylarda amalga oshirilayotgan ishlarning haqiqiy holatini chuqur va har tomonlama tahlil qilish, hududlarda aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalarni tezkor hal qilish maqsadida, Statistika agentligi rahbariyati ham hududlarda oʻrganishlar olib bormoqda.
Joriy yilning 30-may kuni Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich Buxoro viloyatida statistika idoralari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan statistik kuzatuvlar, Aholini roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish, xonadonlarning raqamlanganlik holatlari, Statistika dasturida belgilangan boshqa masalalarning ijrosini joyiga chiqqan holda oʻrganish maqsadida Buxoro viloyati Statistika boshqarmasiga keldi.
Yig‘ilishda Z. Ziyayev dastlab, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holatiga oid shakllantirilayotgan statistik koʻrsatkichlar holatini muhokama qilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, aholi va uy xoʻjaliklarining umumiy daromadlari hamda isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichlarini shakllantirish boʻyicha kuzatuvlar holati oʻrganilib, tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha reja-jadval asosida mahallalarga chiqqan holda xonadonlarga raqam belgilarini va koʻchalarga nom belgilarini oʻrnatilganligi holatini oʻrganib borish ishlarining holati tanqidiy muhokama qilinib, masʼullarga qatʼiy topshiriqlar berildi.
Yigʻilish davomida statistika hisobotlarini topshirish boʻyicha oʻquv-seminarlar oʻtkazish, kadrlarning malakasini oshirish, Statistika dasturida belgilangan boshqa masalalarning ijrosini oʻz vaqtida bajarish hamda ijro intizomiga qatʼiy amal qilish yuzasidan topshiriqlar berildi.